Nihoyat: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Nihoyat: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Shu soʻzdan keyin vergul ishlatish juda koʻp uchraydi. Aslida vergul kerak emas.

Bu soʻz uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Chek, chegara, oxir, poyon:

Ellikboshi urush nihoyatida oqpodsho gʻolib kelishini isbot qilishga tirishdi.

Oybek, “Tanlangan asarlar”.

❗️ Hozir bu maʼnoda deyarli ishlatilmaydi.

2️⃣ Gʻoyat, juda, nihoyatda:

Elmurod ularning ovozlaridan oʻz ishlaridan nihoyat xursand ekanliklarini sezdi.

P. Tursun, “Oʻqituvchi”.

3️⃣ Oxir-pirovardida, oxiri.

Nihoyat ular ham charchadi shekilli, vagonga sukunat choʻkdi.

Gazetadan.

 

Vergul qoʻyish asosan uchinchi maʼnosida uchraydi. Chunki baʼzi adabiyotlar uni kirish soʻz sifatida talqin qiladi.

Solishtirish uchun: shu maʼnosiga sinonim boʻlgan oxir-pirovardida, oxir-oqibatda, oxiri, natijada kabi soʻzlarda vergul ishlatilmaydi. Bu oʻrinda ham vergulga hojat yoʻq.

 

Vergulsevar punktuatsiyamiz bor-da. Vergul qoʻyiladigan juda koʻp oʻrinlarda vergul aslida kerak emas.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube