Nonni nanna, togʻorani vanna…
Hozir telegramdagi bir guruhda yangicha iboragami yo maqolgami duch keldim:
Besh-olti yil oldin nonni nanna, togʻorani vanna derdim.
Ajoyibus sigʻar degan joyidan ekan 😁
Yosh avlodning ijodkorlik salohiyatini bilmoqchi boʻlsang, u toʻqigan maqollarga boq 😎
Ayyorona, qitmirona yumori bor. Qizlar toʻqigan boʻlsa kerak, odatda shunaqa antiqa iboralarga usta boʻlishadi. Nonni nanna deyish oʻzi oldindan bor ibora, lekin unga topilgan qofiya ham oʻrni-oʻrniga tushgan. Togʻora vanna sifatida xizmat qiladigan payt avji goʻdaklik boʻladi, sal ulgʻayib qolgan bola vannada oʻzi mustaqil choʻmilaveradi. Bu qism nonni nanna deyishdan ham taʼsirliroq chiqqan. Qofiya va kulgi esa naqlga yanada joziba bergan.