“Nuktadon” nima degani?

“Nuktadon” nima degani?

Garchi bu soʻz tilimizda faol qoʻllanmasa-da, unga badiiy adabiyotlarda bot-bot duch kelamiz. Nuktadon shoir, nuktadon olim kabi iboralar esa turli maqolalar, adabiy tadqiqotlarda uchraydi.

Bu soʻz asli arabcha va forccha soʻzlar birikuvidan hosil boʻlgan. Arabcha nukta asliyatda oʻtkir, donolik bilan aytilgan gap; qochirim; tub maʼno, mohiyat; nozik tafsilot, ikir-chikir kabi maʼnolarni anglatsa, forscha don esa biluvchi, bilagʻon maʼnosiga ega. Tilimizda faol ishlatiladigan dono soʻzi ana shu oʻzakdan.

Nuktadon oʻzbekchada masalaning tub mohiyatini, nozik, mayda-chuyda tafsilotlarini yaxshi biladigan, oʻtkir fikrlovchi kishiga nisbatan ishlatiladi.

Uni baʼzan nuqtadon shaklida ishlatish ham uchraydi. Lekin bu xato.

 

🔄  Mavzuga aloqador:

 

Telegram | YouTube

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube