Oʻkil ona: nega oʻkil?
Toʻylarda kuyov tomondan biror ayol kelinga qatiq ichiradi. Mana shu ayolni enabuvi, oʻkil aya, oʻkil ona kabi nomlar bilan atashadi. Bolaligimda eshitib hayron boʻlardim: nega oʻkil aya? Bu xotinlar ukol qilarmikan, doʻxtirmikan?
Soʻzning etimologiyasi bilan tanishgan kishi u ukolga ham, tibbiyotga ham umuman aloqasiz ekanini anglaydi. Oʻkil soʻzi arabcha vakil soʻzining talaffuz variantidir. U nikoh paytida yigit yoki qiz tomondan kafillikka oʻtuvchi, vakillik qiluvchi kishini anglatadi:
Men sizni boʻlak odam deb turib edim, men gapu avzoyingizdan bildim: otamning oʻkil enasi ekansiz. (“Balogardon”.)
Bu soʻz erkaklarga nisbatan ishlatilganini hozirgacha eshitmaganman. Balki, shevalarda ishlatilar.
🟢 Nikohdagi vakil sizning shevangizda qanday ataladi?