“Oldini olish”dagi xatoning oldini olish
Oldini olish birikmasi bilan tushum kelishigini qoʻllash juda koʻp uchraydi:
Jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyani oldini olish, xatolarni oldini olish, kasallikni oldini olish ❌
Ikki ism soʻzni bogʻlashda tushum emas, qaratqich kelishigi qoʻshimchasi ishlatiladi. Yuqoridagi misollarda jinoyatchilik, korrupsiya, xatolar, kasallik soʻzlari ot soʻz turkumiga mansub, yaʼni ism soʻz. Undan keyingi old soʻzi ham ism soʻz. Demak, bu oʻrinda qaratqich kelishigi qoʻshimchasi -ning ishlatilishi kerak:
Jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaning oldini olish, xatolarning oldini olish, kasallikning oldini olish ✅
🔄 Mavzuga aloqador:
- -ni va -ning qanday farqlanadi?
- Morfologik xatolar
- -ni va majhul nisbat
- Ilk qadam: qoʻshimchalar qanday tahrirlanadi?
@oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.