Oʻqish qishkimi yo koʻchirish?

Oʻqish qishkimi yo koʻchirish?

OAV xabari:

Oʻzbekistonda qishki oʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

 

Oliy taʼlim muassasalari talabalari yilda ikki bor: yozda (avgust oyida) va qishda (dekabr-yanvar) oʻqishni koʻchirish uchun ariza berish imkoniga ega. Xabarda qishki koʻchirish mavsumiga urgʻu berish niyat qilingan. Biroq jumla mazmuni oʻqish qishki ekaniga tortib ketyapti. Qishki mavsumni taʼkidlash zarur boʻlsa, jumlani boshqacharoq tuzgan afzal:

 

Oʻzbekistonda oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabulining qishki mavsumi boshlandi.

 

Hozir oʻzi qish, shu sababli qishki ekaniga urgʻu berishga ham u qadar ehtiyoj yoʻq. Jarayon Oʻzbekistonda boʻlayotgani koʻpchilikka maʼlumligi sabab hududni aytmasak ham boʻladi:

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube