Qayrilish va burilish: farqi nimada?

Qayrilish va burilish: farqi nimada?

Baʼzi soʻzlar sinonim boʻlsa-da, maʼlum bir sohada qoʻllanishiga koʻra farqli maʼno tashiydi. Qayrilish va burilish soʻzlari ham shunday. Izohli lugʻat ikki soʻzni maʼnodosh hisoblagan va yaqin shaklda sharhlagan:

Qayrilish – yoʻl, ariq, daryo va shu kabilarning burilib, oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradigan joyi; qayilish, burilish.

Burilish – yoʻl, daryo va shu kabilarning burilgan joyi, muyulishi.

Lekin yoʻl harakati qoidalarida bu ikki tushuncha farqli maʼnolarga ega. Qayrilish yoʻlning qarama-qarshi tomoniga “180 gradusga” burilib, kelgan tomonga teskari yoʻnalishda harakatlanishni anglatsa, burilish yoʻnalishni “90 gradusga” oʻng yoki chap tomonga oʻzgartirib harakatlanishni bildiradi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.