Qishloqlar va koʻchalar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi

Qishloqlar va koʻchalar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi

Savol:

Mahallalar, koʻchalar, qishloqlar nomi gap orasida kelganda qaysi hollarda qoʻshtirnoq qoʻyiladi? Qaysi manbaga asosan?

 

Javob:

Imlo qoidalariga asosan, joy nomlari bosh harfda yoziladi va qoʻshtirnoqqa olinmaydi. Qishloqlar, koʻchalar nomi ham shular jumlasidan.

Mahalla nomi hududni bildirganda qoʻshtirnoqsiz yoziladi, oʻzini oʻzi boshqarish organi maʼnosida boʻlsa, xuddi tashkilotlarning atab qoʻyilgan nomi kabi qoʻshtirnoqqa olinadi: Boyqozon mahallasi, “Boyqozon” MFY. Baʼzida MFY nomi bilan unga qarashli hudud ifodalanadi. Bunda ham qoʻshtirnoq saqlanadi: “Boyqozon” MFYda joylashgan korxona.

 

🔄 Mavzuga aloqador:

 

Telegram | YouTube

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube