Qulf urishmi yoki qulp urish?

Qulf urishmi yoki qulp urish?

Qulp urmoq iborasini koʻp xato qoʻllaymiz. Hatto izohli lugʻatning oʻzi ham bir necha oʻrinlarda qulf urmoq shaklida yozgan. Biroq iborani sharhlaganda uni qulp urmoq koʻrinishida bergan. Ana shu birlamchi, albatta. Imlo lugʻatiga bu ibora qulp urmoq shaklida ham, qulf urmoq shaklida ham kiritilmagan.

Qulp urmoq iborasi ikki xil maʼnoga ega:

  1. Gurkirab, avj olib koʻkarmoq; yashnamoq, gullamoq.

 

Gulzorda oʻsma, xina, rayhon va jambillar qulp urib yotibdi.

 

  1. Koʻchma maʼnoda: barq urib rivojlanmoq, taraqqiy etmoq, gullab-yashnamoq.

 

Qulp urasan savlat toʻkib keng Osiyoga,

Mashʼal boʻlib nur sochasan sharqiy samoga.

T. Toʻla.

 

Qulf urmoq iborasi qulf ilmoq, qulf osmoq, qulf solmoq kabi maʼnolarga ega:

 

Ota eshikka qulf urib, bolani opichlaganicha, idora tarafga keta boshladi.

S. Ahmad, Ufq.

 

Birinchi iborani ham qulf urmoq shaklida qoʻllayversak-chi? Men mayli deyman-u, lugʻat koʻnmaydi-da 😉.

 

📌
 Demak:

Gullar qulp urib yashnadi, eshikka qulf urdi ✅

Gullar qulf urib yashnadi, eshikka qulp urdi ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube