Rim raqamlari qoʻllanadigan 7 ta holat
1️⃣ Asrlar va mingyilliklarni ifodalashda: XXI asr, miloddan oldingi IV mingyillik.
2️⃣ Podshoh va qirollar nomida: Abdullaxon II, Charlz III.
3️⃣ Sport musobaqalari, anjumanlar va syezdlar, urushlar nomida: XXIV Olimpiada oʻyinlari, II jahon urushi.
4️⃣ Kitob jildlarini, baʼzan boblarini koʻrsatishda: “Oʻzbek tili izohli lugʻati”ning II jildi.
5️⃣ Qon guruhini ifodalashda: IV (AB).
6️⃣ Kimyoviy elementlar nomida: mis (II) oksid.
7️⃣ Eski uslubdagi soatlarda: I, II, III…
❗️ Rim raqamlari boshqa holatlarda ham ishlatiladi. Yuqorida eng koʻp uchraydigan oʻrinlar berildi.