Sheʼriy parchalar iqtibosi: imloga yechimlar

Sheʼriy parchalar iqtibosi: imloga yechimlar

Matnda sheʼriy parchalar, bayt va misralar iqtibos keltirilganda alohida satrdan, qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Agar matn kompyuterda terilgan boʻlsa, sheʼriy misrani ajratib koʻrsatish uchun qiya shakldan foydalangan afzal.

 

Maxtumqulining shunday satrlari bor:

 

Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa,

Togʻga kesak otsang, toshni sindirar.

Toleing ters kelsa, baxting shoʻr boʻlsa,

 Palovning guruchi tishni sindirar.

 

🟢 Sheʼriy parcha matn ichida iqtibos uslubida berilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:

 

Maxtumqulining “Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa, Togʻga kesak otsang, toshni sindirar” misralari bilan boshlanuvchi sheʼrini bilasizmi?

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.