Shotut, chilonjiyda, kishmish: oʻtmishi qiziq nomlar
Hamidulla Hasanov “Geografik nomlar siri” kitobida yozishicha:
Shotut soʻzi koʻpincha shohtut deb izohlanadi, aslida esa shomtut, yaʼni Shom (Suriya) nomidan olingan. Ruschada shelkovitsa siriyskaya deyiladi.
Xalq tilida aytiladigan baliq tut aslida balxi tutdir. U Afgʻonistondagi Balx shahri nomidan hosil boʻlgan.
Chilonjiyda asli jilonjiydaning oʻzgargan shakli. Jilon soʻzining ilonga aloqasi yoʻq, bu soʻz Erondagi Gʻilon (Jilon) viloyati nomidan olingan.
Qirmiska uzumning ham Qrimga daxli yoʻq, bu qirmizi – qizgʻish soʻziga, kishmish esa Eron janubidagi Keshm oroli nomiga bogʻliq.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.