“Smena”ni oʻzbekchada ifodalasa boʻladimi?
Bir matnni tahrir qilayotib smena soʻzini oʻzbekchalashtirmoqchi boʻldim. Masalan, birinchi smenada oʻqiyman, ikkinchi smena boʻldik kabi oʻrinlarda smena soʻziga qanday muqobil bor?
Maktabda ikkinchi smenada oʻqiyapmiz.
Maktabda ikkinchi smenaga oʻtdik.
Gal soʻzini qoʻllash mumkin-u, quloq oʻrganmagani uchun tushunarsizroqday koʻrinyapti. Boshqa maʼnoga tortib ketishi ham mumkin:
Maktabda ikkinchi galda oʻqiyapmiz.
Maktabda ikkinchi galga oʻtdik.
Smena ruscha smenitsya – almashinmoq, boshqasining oʻrniga kelmoq
soʻzidan yasalgan.
Hozircha oʻzini qoldirdim.
🟢 Siz nima taklif qilasiz?