Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi

Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi

Imlo qoidalari islohi boʻyicha navbatdagi taklif bilan boʻlishmoqchiman.

 

Qoida:

👉 Raqamlardan keyin keluvchi qoʻshimcha va soʻzlar ajratib yoziladi: 10 ta, 10 dona, 2 lik sanoq sistemasi, 1 dan 10 gacha, I dan X gacha kabi.

 

Bu masalada oldinroq ham yozgan edim. Bu tartibga kitoblarda, juda koʻp nashrlarda hozir ham amal qilinadi. Shuni qoida sifatida belgilab qoʻyish kerak deb hisoblayman. Shunda chalkashlik, xilmaxillik kamayadi.

 

❗️ Ajratib yozilganda tushunish oson boʻladi. Solishtiring:

 

10ta, 10dona, 2lik sanoq sistemasi, 1dan 10gacha, Idan Xgacha boʻlgan rim raqamlari, Lyudovik IXning hukmronlik yillari 🤔 🤨

10 ta, 10 dona, 2 lik sanoq sistemasi, 1 dan 10 gacha, I dan X gacha boʻlgan rim raqamlari, Lyudovik  IX ning hukmronlik yillari

 

Agar raqam soʻz bilan yozilsa, qoʻshimchalar soʻzga qoʻshib yoziladi: oʻnta, ikkilik sanoq sistemasi, birdan oʻngacha kabi.

 

Mavzuga
oid:

👉 Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube