ts va boʻgʻin koʻchirish

ts va boʻgʻin koʻchirish

Kirilchadagi s harfi lotincha imloda baʼzan s, baʼzan ts shaklida ifodalanadi. Kirilchada s bitta harf boʻlgani uchun boʻgʻin koʻchirishda ham bitta harf sifatida qaraladi. Lekin lotincha imloda ts yaxlit harf emas. Chunki oʻzbek lotin alifbosida ts harfi yoʻq. Alohida t va s harflari bor. Demak, boʻgʻin koʻchirishda ularni alohida harf sifatida koʻrishimiz kerak:

 

Lit-sey  ✅

Li-tsey  ❌

 

Ofit-ser  ✅

Ofi-tser  ❌

 

Baʼzi mualliflar lotincha imloda ham kirilga taqlid qilib, ts harflarini bitta belgi sifatida talqin qilgan ekan. Bu imlo qoidalariga, alifboga zid borish, behuda taqlidchilik xolos.

🟢  Solishtirish uchun: yolashgan unlilarni kirilda yolgʻiz holda satrda qoldirish ham, keyinga satrga yolgʻiz koʻchirish ham mumkin emas. Chunki ular yaxlit harf, bitta belgi. Lotincha imloda esa yolashgan unlilar yoʻq. Ular ikkita alohida belgi bilan ifodalanadi va kirildagidan farqli boʻgʻin koʻchirish qoidasi amal qiladi:

Dar-yo, dun-yo, so-ya, ya-qin, yu-mush, yo-rugʻ ✅

Yuqoridagi soʻzlarni kirilda bu shaklda boʻgʻinga koʻchirib boʻlmaydi. Ts tarkibli soʻzlar ham shunga oʻxshash.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube