Uvuldiriq nima?
Baʼzan oʻz soʻzimiz boʻla turib, chet soʻzni maʼqul koʻramiz. Oʻz soʻzimizdan kamdan-kam yoki faqat yozma tilda – adabiyot va publitsistikada foydalanamiz. Uvuldiriq ana shunday soʻzlardan. Izohli lugʻatga koʻra, u baliq va boshqa baʼzi suvda yashovchi jonivorlarning tuxumchalari, urugʻini anglatadi. Amaliyotda asosan baliq urugʻi maʼnosida qoʻllanadi:
Bosilib, uvuldirigʻi sitilib chiqqan baliqlar.
Qovoq xumchadagi sutdan oqlab, uvuldiriq surkalgan kulchani sindirib, mehmonning oldiga qoʻydi.
A. Muxtor, “Qoraqalpoq qissasi”.
Qadimgi turkiy tilda maydalamoq, parchalamoq maʼnosidagi uvmoq soʻzi boʻlgan. Hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanadigan uva, uvada, uvat, uvoq kabi soʻzlar ana shu oʻzakdan yasalgan. Fikrimcha, uvildiriq ham xuddi shu oʻzakdan. Chunki u ham mayda boʻladi.
📌 Demak:
Uvildiriq, uvilduruq, uvilduriq, uvulduruq, uvulduriq ❌