Bil, oʻgʻlim!

Bil, oʻgʻlim!

Serhat Kabakli soʻzi

Esat Kabakli musiqasi va ijrosi

 

Kunlar ketib, oy kelganda kel, oʻgʻlim,

Dunyo kular sen kulganda, kul, oʻgʻlim.

Bir yoʻl bordir – haq yoʻlidir, top, oʻgʻlim,

Yeru koʻkni oʻrgan, ilmin bil, oʻgʻlim.

 

Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,

Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.

Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,

Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.

 

Kez, oʻgʻlim!

Vataningga koʻz tikkanni ez, oʻgʻlim!

Doʻsting kimdir, dushmaning kim – sez, oʻgʻlim!

Tarixingni sharafing-la yoz, oʻgʻlim,

Yoz, oʻgʻlim!

 

Sen boshlarsan mangulikka yoʻl, oʻgʻlim,

Toʻrt tomonga chuqur nazar sol, oʻgʻlim.

Muhtojga ber noning, joʻmard boʻl, oʻgʻlim,

Harom yema, haq yoʻlida oʻl, oʻgʻlim!

 

Zulm qurgan taxtu baxtdan kech, oʻgʻlim,

Zolim boʻlsin nafratingga duch, oʻgʻlim.

Nafs degani – mantiq yutar dev, oʻgʻlim,

Kibrlanma, insonlarni sev, oʻgʻlim.

 

Naqarot:

 

Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,

Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.

Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,

Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.

 

Kez, oʻgʻlim!

Vataningga koʻz tikkanni ez, oʻgʻlim!

Doʻsting kimdir, dushmaning kim – sez, oʻgʻlim!

Qarshimda tur, soʻz ber menga, soʻz, oʻgʻlim,

Soʻz, oʻgʻlim!

 

Turkchadan

Orif Tolib

tarjimasi

 

 

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube