Yetish tushishni anglatmaydi

Bugun OAVda eʼlon qilingan sarlavha:
Dushanbadan dollar kursi qanchaga yetishi aniq boʻldi
Vaholanki, AQSH dollari 19,27 soʻmga tushib, 12 615,07 soʻm etib belgilandi. Yetish soʻzi kurs koʻtarilishini anglatadi. Aslida esa u pastlagan. Natijada real holatga ters mazmundagi sarlavha hosil boʻlgan. Sarlavhani mana bu kabi shakllarda berish toʻgʻri boʻladi:
Dushanbadan dollar kursi qancha boʻlishi belgilandi
Dushanbadan dollar narxi qancha boʻlishi belgilandi
Dushanba kuni dollar narxi biroz tushadi
@oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.