Yuziga qarama, fazilatiga qara

Yuziga qarama, fazilatiga qara

“Devonu lugʻatit turk” maqollaridan

 

Azgulukni suv azaqinda kemish bashinda tilaXalqqa yaxshilik qil, uni suv tagiga tashlasang-da, suv ustida koʻrasan. Boshqa maʼnosi – ovqat-nonni daryo tagiga tashlasang ham, ustida topasan.

 

Barigʻ oʻtru tutsa, yoʻqqa sanmasDasturxonga boringni qoʻysang, mehmon yoʻqqa sanamas.

 

Tilin tugmishni tishin yazmasTil bilan tugilganni tish bilan yechib boʻlmaydi.

 

Soʻkushub urushur, oʻrta toʻn titishur Soʻkishdan urishish boshlanadi. Oʻrtada toʻn yirtiladi.

 

Ikki bugʻra ikashur, oʻtra koʻgakun yanchilur Ikki aygʻir olishadi, oralarida soʻna halok boʻladi.

 

Kuch aldin kirsa, toʻru tungluktan chiqar Zulm eshikdan kirsa, insof tuynukdan chiqadi.

 

Evlik toʻygʻursa, koʻzi yoʻlqa boʻlurUy egasi mehmonni toʻydirsa, mehmon ketishga otlanib, koʻzi yoʻlda boʻladi.

 

Kichikda qatigʻlansa, ulgʻazu sevnurYoshlikda tirishib harakat qilgan odam ulgʻaygach sevinadi.

 

Bip qargʻa bipla qish kelmasBir qargʻa bilan qish kelmaydi.

 

Tutushmagincha tuzulmas, tubirmagincha achilmasUrushmaguncha, qarshilashmaguncha yarash boʻlmaydi, shamol qoʻzgʻolmaguncha havo ochilmaydi.

 

Elik tutgʻincha oʻt tut Kafil boʻlgandan olovni ushlagan yaxshidir. Chunki kafil boʻlgan kishi soʻng attang qiladi.

 

Evak evga tegmasShoshgan kishi uyiga yeta olmaydi.

 

Kuz keligi yazin belkoʻrarKuzning kelishi yozda maʼlum boʻladi.

 

Koʻkka sagʻursa, yuzga tushurOsmonga tupursa, yuzga tushar.

 

Mush yaqriqa tegishmas, ayur: “Kishi nengi yarashmas”Mushuk mixga osilgan yogʻga yetolmay: “Birovning moli yarashmaydi”, deydi.

 

Erdamsizdan qut chertilirOdobsiz kishidan baxt va davlat ketadi.

 

Tagʻ tagʻqa qavushmas, kishi kishiga qavushurTogʻ togʻ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi.

 

Tevey silkinsa, eshakka yoʻk chiqarTuya silkinsa, undan bir eshakning yuki chiqadi.

 

Yugʻurqanda ortuq ayaq kusulsa ushiyurOdam oyogʻini koʻrpasidan ortiq uzatsa, oyogʻi uvishadi, sovuq qotadi.

 

Taygʻan yugurganni tilku sevmas Yugurik tozini tulki sevmaydi.

 

Evak singak sutka tushur Shoshqaloq pashsha sutga tushadi.

 

Tatsiz turk boʻlmas, bashsiz boʻrk boʻlmasBoshsiz boʻrk boʻlmagani kabi forssiz turk boʻlmaydi.

 

Yuzga koʻrma, erdam tilaYuziga qarama, fazilatiga qara.

 

Tikmagincha unmas, tilamagincha boʻlmasEkilmaguncha hosil unmaydi, maqsad esa ketidan yurib istalmaguncha qoʻlga kirmaydi.

 

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 12-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube