Tushunish

0
2731
marta koʻrilgan.

Imo-ishorada soʻylaydi sayyoh,

Shu shaklda javob qaytarar mezbon.

Garchi biror soʻzni anglolmas, ammo

Til topishib olar ikkisi oson.

 

Baʼzilar bor – umri umrmas, ogʻu,

Bir umr ezilar, armonda ketar.

Birga yashab, bitta tilda soʻzlar-u,

Bir-birining tilin tushunmay oʻtar.

 

Orif Tolib

 

2014

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.