Lev Tolstoy jumbogʻi

24
14427
marta koʻrilgan.

Mashhur rus yozuvchisi bu masalani ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf oʻquvchilarining oʻttiz foizi, oliy oʻquv yurti talabalarining yigirma foizigina toʻgʻri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni pulga urib koʻpaytiradigan, hisob-kitob bilan tinimsiz shugʻullanadigan savdogarlaru buxgalterlar ham koʻpincha xato qilishadi. Mana oʻsha masala:

“Savdogar qalpoq sotyapti, 10 soʻmdan. Bir xaridor keldi, kiyib koʻrib, sotib olmoqchi boʻldi. Lekin uning 25 soʻmligi bor ekan, xolos. Sotuvchi oʻsha 25 soʻmni bir bolakayga berib, maydalab kelish uchun qoʻshninikiga joʻnatdi. Bola pulni 10+10+5 soʻmlik qilib maydalab keldi. Savdogar qalpoqni va 15 soʻm qaytimni haligi kishiga berdi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, pulni maydalab bergan qoʻshni keldi va 25 soʻmlik qalbaki ekanini aytdi. Ilojsiz qolgan sotuvchi unga pulini qaytarib berdi.

Savdogar jami boʻlib qanchaga tushgan?”

Qani, Siz ham bir urinib koʻring-chi, buyuk yozuvchining ushbu oddiygina jumbogʻini yecha olarmikansiz. Javoblaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

 

Orif Tolib
tayyorladi.

PS: Oddiygina masalani yechish uchun oson yoʻlni tanlab, Googleʼdan tayyor javobni izlamaysiz, deb ishonaman.

24 Mulohaza

  1. 50 so`m … qalbaki pulni qo`shniga to`liq 25 qaytargan ….15 qalpokni olib ketganga qaytargan qalpoqni o`zi 10 so`m shulani xamasi qo`shilsa 50 so`m zarar qilgan savdogar

  2. 1. xaridor bergan 25 so`mlikni qo`shni maydalab berdi 10+10+5 so`mlik qilib. 2. sotuvchi o`sha puldan 15 so`mini va qalpoqni berdi. demak yonidanmas, ungacha qarzdor emas chunki qalpoqni o`rniga 10 somi bor. 3.qo`shni janjal qilib chiqqanda o`zini yonidan 25 so`m berdi. Xulosa. sotuvchi qalbaki pul olib kelgan xaridorga qalpoq sotmagan deb hisoblasak, o`zining yonidan qo`shniga tekinga 25 so`m berdi

  3. 50 so’m zarar ko’rgan xaridorga 15 so’m pul va 10 so’mlik qalpoqni berib yuborgan va qoshniga ham 25 so’m bergan. 15+10+25=50

  4. Kalbaki pul yok degan narsa demak sotuvchi 15sum +(kalpok) 10sum=25 berdi xaridorga ,va kushni sotuvchiga 25sum berdi jami 50 sumga tushd

    pedagogika universiteti Oliy matematika fani ukituvchisi

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.