Ayirboshlamoq va ayriboshlamoq

0
601
marta koʻrilgan.

Ayirboshlamoq soʻzi ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Boshma-boshiga yoki boshqa biror shart bilan biror narsani alishmoq, almashmoq, almashtirmoq.

 

Sotishga va ayirboshlashga yaraydigan narsalar ham sop boʻldi.

P. Tursun, Oʻqituvchi.

 

2️⃣ Yangilamoq, oʻzgartirmoq.

 

Ishdan keyin kiyimlarni ayirboshlamoq.

 

Asosan birinchi maʼnosida ishlatiladi.

Ayirboshlamoq soʻzi ayriboshlamoq variantiga ham ega. Bu variant imlo lugʻatlariga kirgan.

Izohli lugʻatda ayriboshlamoq soʻzi berilmagan. Lekin ayribosh qilmoq iborasi ayirbosh qilmoq iborasining varianti ekani koʻrsatib oʻtilgan.

 

📌 Demak:

Ayirboshlamoq, ayriboshlamoq, ayirboshlash, ayriboshlash

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.