Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?

Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?

2018-yil 10-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Unda oʻlcham birliklarining nomi qanday yozilishi belgilab berilgan. Koʻpchilik bu qarordan bexabar va shu sabab xatolarga yoʻl qoʻyadi.

Qarorda koʻrsatilishicha, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishda, oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan oʻlcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllanadi.

Hayotda eng koʻp duch keladigan oʻlcham birliklarini misollar bilan tushuntiraman:

Metr – m, kilogramm – kg, sekund – s, gektar – ha, tonna – t, sentner – q, litr – l, sutka – d, soat – h, minut – min, kilovatt-soat – kW·h.

Deylik, siz 1 soat soʻzini qisqartma shaklda bermoqchisiz. Uni 1 s yoki 1 s tarzida yozsangiz, xatoga yoʻl qoʻygan boʻlasiz. Toʻgʻrisi – 1 h. Yoki metrni olaylik. 1 metrni kirilcha imloda ham 1 m shaklida yozishingiz kerak, 1 m deb yozish xato.

❗️ Eʼtibor bering, sigʻim hajmining birligi litrni (harfli belgisi lel) L belgisi bilan ham ifodalash mumkin.

Birlik belgilarida qisqartirish belgisi sifatida nuqta qoʻyilmaydi. Yaʼni 1 kg. deb yozish xato, 1 kg tarzida yozish kerak.

 

Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi

📌 Oʻlcham birliklarining belgilari oʻlchamlarning sonli qiymatlaridan keyin ular bilan bir qatorda, keyingi satrga koʻchirmasdan joylashtiriladi. Oʻlcham birligining sonli qiymati va belgisi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi:

 

100 kW ✅

100kW ❌

 

20 °S ✅

20°S ❌

 

10 kg ✅

10kg ❌

 

❗️ Satr ustida joylashtirilgan yassi burchak oʻlcham birliklarining gradus, minut, sekund belgilari bundan mustasno boʻlib, ular oldida boʻsh joy qoldirilmaydi:

 

20º ✅

20 º ❌

 

Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq

📌 Ikki va undan koʻp birlikdan tashkil topgan hosila birlik koʻrsatilganda harfli belgilar va birlik nomlari birga qoʻshib qoʻllanmaydi. Yaʼni ayrim birliklar uchun belgilarni, boshqalari uchun esa nomlarini koʻrsatish mumkin emas.

Yo har ikki birlik harfli belgi bilan, yo ikkalasi ham toʻliq soʻz bilan berilishi kerak:

 

80 km/h ✅

80 km/soat ❌

 

bir soatda 80 kilometr ✅

soatiga 80 km ❌

 

Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi?

📌 Oʻlchamning raqamli qiymatlari diapazoni bir turdagi oʻlcham birliklarida ifodalangan boʻlsa, oʻlcham birligining belgisi diapazonning oxirgi raqamli qiymatidan keyin koʻrsatiladi. Maxsus belgilar koʻrinishidagi oʻlchamlar – °,, » har bir diapozon raqamli qiymatidan keyin qoʻyiladi.

Demak, oraliq qiymatni koʻrsatganda birlik harfli belgilar bilan ifodalansa, uni eng oxirida keltirish zarur. Birlik maxsus belgilar bilan ifodalanganda esa har bir qiymatdan soʻng yozilishi kerak:

 

1 dan 1000 g gacha ✅

1 g dan 1000 g gacha ❌

 

110 dan 380 V gacha ✅

110 V dan 380 V gacha ❌

 

45° dan 90° gacha ✅

45 dan 90° gacha ❌

 

1′ dan 60′ gacha ✅

1 dan 60′ gacha❌

 

Axborot miqdori oʻlchamlari

📌 Axborot miqdorining bayt karrali birliklarini hosil qilish uchun Kilo, Mega, Giga old qoʻshimchalari qoʻllanadi:

1 Kbayt = 1024 bayt, 1 Mbayt = 1024 Kbayt, 1 Gbayt = 1024 Mbayt.

Qarorda bu birliklarni Kb, Mb, Gb yoki Kb, Gb, Mb shaklida toʻla qisqartirib yozish masalasiga aniqlik kiritilmagan. Odatda bu birliklar kb, mb, gb tarzida kichik harflarda ham ifodalanadi. Bundan tashqari, internet tezligini koʻrsatishda koʻpincha bayt emas, bitdan foydalaniladi: 5 Mbit/s – sekundiga 5 megabit.

Texnologiyalar borgan sari rivojlanyapti. Axborot miqdorini oʻlchovchi yangi birliklar paydo boʻlyapti. Masalan, 1024 gigabayt = 1 terabayt oʻlchami allaqachon isteʼmolda. Terabayt tushunchasi ushbu qaror ilovalariga kirmagan. Kiritib qoʻyish kerak.

❗️ Qoʻshimcha:

Xalqaro oʻlchamlar tizimi (SI)ga koʻra, kilo-, mega-, giga- kabi oldqoʻshimchalar oʻnga karrali qiymatlarni ifodalaydi. Shu sababli uni ikkilik sanoq tizimi qiymatlariga qoʻllamaslik tavsiya etiladi.

Oʻnlik sanoq tizimiga koʻra, 1 kilobayt 1000 baytga teng. Ikkilik sanoq tizimiga koʻra esa, 1024 baytga teng. Ikkilik sanoq sistemasida kilo-, mega-, giga- kabi oldqoʻshimchalar ishlatilmaydi. Ularning oʻrniga kibi-, mebi-, gibi- kabi oldqoʻshimchalar qoʻllanadi. Ikkilik sanoq sistemasidagi bu birliklar KiB, MiB, GiB kabi qisqartmalar bilan ifodalanadi.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.