
Shovullamoq, guvullamoq, huvullamoq kabi soʻzlarni shovillamoq, guvillamoq, huvillamoq shaklida xato yozish koʻp uchraydi. Shunga oʻxshash soʻzlarda yanglishish hatto lugʻatlarni ham chetlab oʻtmagan.
Eʼtiborlisi, soʻlqillamoq, takillamoq, tapillamoq, tarillamoq, chapillamoq kabi soʻzlarda u oʻrnida i ishlatilgan. Bu yerda u yozish xato. Sezgan boʻlsangiz, bu feʼllar taqlid soʻzlardan hosil boʻlyapti.
Xoʻsh, xato qilmaslik uchun nima qilish kerak? Soʻzlarni birma-bir yodlab chiqish kerakmi? Yoʻq, osongina yoʻli bor. Qoidasini bilib olsangiz boʻldi:
❗️ Taqlid soʻzlardan feʼl yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qoʻshimchasi soʻz tarkibida v yoki u tovushi boʻlganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi.
Ana, boʻldi. Oʻzagida u yoki v qatnashgan, taqlid soʻzdan yasalgan feʼllarni qoʻrqmay -ulla bilan yozavering.
📌 Demak:
Vovullamoq, gursullamoq, duvullamoq, uvullamoq, xurullamoq, churullamoq, qultullamoq, gʻuvullamoq ✅
Vovillamoq, gursillamoq, duvillamoq, uvillamoq, xurillamoq, churillamoq, qultillamoq, gʻuvillamoq ❌
Orif Tolib