
Shubhasiz soʻzi bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Xoʻsh, oʻzi vergul kerakmi yoki yoʻq?
Agar shubhasiz modal soʻz boʻlib kelsa va kirish soʻz vazifasini bajarsa, vergul kerak. Bunda u muqarrar ravishda, albatta, soʻzsiz kabi maʼnolarni anglatadi:
Shubhasiz, u haq.
Men birinchi navbatda tarbiyani ulardan [ota-onamdan] olganman va ularning xislat va xususiyatlari, shubhasiz, menga taʼsir qilgan.
S. Ayniy, Esdaliklar.
Shubhasiz hech qanday shubha tugʻdirmaydigan; aniq degan maʼnoni anglatsa, vergul kerak emas:
Dangasalik qilgan odam yutqazishi shubhasiz. ➡️ Dangasalik qilgan odam yutqazishi aniq.