
Ikkita sholroʻmol
Koʻklam arafasi, ajoyib bir kun
Oʻzga el-yurtlardan esdalik deya
Ikkita oq roʻmol olib kelgandim –
Ikki ayol uchun kamtar bir hadya.
Mudom tushuniksiz turmushning kori:
Qarang, biri soʻlib, biri kulibdi:
Birisini tashlab ketibdi yori,
Ikkinchisin yori qaytib kelibdi.
Birinchisi – togʻda yashagan ayol –
Ayriliqda bagʻri kuyib boʻlgan kul –
Oppoq sholroʻmolni yaldo tun misol
Qop-qora ranglarga boʻyamish butkul.
Unisi – ovulda makon tutgani –
Baxtga toʻlib, dildan shodlangan ayol
Quvonchin ifoda etmishdir, yaʼni
Qirmizi ranglarga chulgʻanmish roʻmol.
Xattaxtaga oʻxshar inson manglayi,
Unga bitilmishdir taqdir, qismati.
Mening koʻz oʻngimda turadi doim
Sholroʻmolli ikki ayol surati.
Umidu hadik va muhabbat, ozor,
Iztirobu quvonch rangiga axir
Soʻzlarni boʻyadim necha bor, takror,
Har joyda ularga boʻldim men asir.
Qoʻshiq
Otangiz janglarda toʻkkan edi qon,
Siz bugun boʻy yetgan, zabardast oʻgʻlon.
Chunki tinim bilmas bu yillar – daryo,
Oʻgʻillar, bizlarni unutmang aslo.
Yerlarga siyohmas, toʻkilgandi qon,
Egarda bitilgan bu shonli doston.
Satrlar ol rangga boʻyalmish goʻyo,
Oʻgʻillar, bizlarni unutmang aslo.
Sizning yoshingizda qoʻshinni boshlab,
Jang qildik dushmanning koʻzini yoshlab.
Qilich edik, qinday yutdi yer – yuho,
Oʻgʻillar, bizlarni unutmang aslo.
Qoʻrqmadik mayda gap-soʻzdan hech mahal,
Doʻst uchun jon berdik mardona, dangal.
Otalar bizlardan boʻldilar rizo,
Oʻgʻillar, bizlarni unutmang aslo.
Siz ham asragaysiz biz asraganni,
Omonatday saqlang bu hur Vatanni.
Faqat ozodlikda bordir baxt, maʼno,
Oʻgʻillar, bizlarni unutmang aslo.
Oqil boʻling, togʻday uzoqni koʻring,
Oʻt boʻling, dengizday guvrab, joʻsh uring.
Halolu pok boʻling, sizga yor Xudo,
Oʻgʻillar, bizlarni unutmang aslo.
Agar…
Agar senga sovchi qoʻyish-chun
Tayyor tursa mingta xaridor,
Oʻshalarning ichida, bilgin,
Shak-shubhasiz, Rasul Hamzat bor.
Agar senga yuz nafar yigit
Koʻpdan boʻlsa beqaror shaydo,
Shu yuz yigit ichida albat
Boʻlajakdir Rasul ham paydo.
Agar seni oʻn nafar oshiq
Sevsa jonin oʻtlarga otib,
Ushbu safdan joy olar aniq
Shod va gʻamgin Rasul Hamzatov.
Agar faqat bitta chin majnun
Qolar boʻlsa ahdga vafodor,
Oʻsha sodiq oshiqni, bilgin,
Togʻlik Rasul atarlar, dildor.
Agar seni sevmasa hech kim,
Yashar boʻlsang alamlar yutib,
Demak, togʻlar bagʻriga bu dam
Koʻmilibdi Rasul Hamzatov.
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻylamay, fikr qilmay,
Kulsa hech toʻxtov bilmay,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kuni oʻtsa tuygʻusiz,
Butun umri qaygʻusiz,
Shuyam erkak boʻldimi?
Hattoki tilak chogʻi,
Ochilmasa qovogʻi,
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻtsa yonib suymasdan,
Oʻpich taʼmin tuymasdan,
Shuyam erkak boʻldimi?
Ishq, rozda boʻlib suyuq,
Bilmasa oʻlchov, tiyiq,
Shuyam erkak boʻldimi?
Xushomad-la iydirib,
Ketsa sotib, kiydirib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kelsa-yu magʻrur, poʻrim,
Qadahi qolsa yarim,
Shuyam erkak boʻldimi?
Odamlar koʻp joyda ham
Ichsa bilmasdan toʻxtam,
Shuyam erkak boʻldimi?
Yurtidan badar ketsa,
Ota uyin unutsa,
Shuyam erkak boʻldimi?
Birovlarning mehnatin
Bilmasa qadr-qimmatin,
Shuyam erkak boʻldimi?
Vaʼda berib, soʻz aytib,
Olaversa soʻng qaytib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 2015 yil 11 sentyabr (№37) sonida chop etilgan.
Rasul Hamzatov 1923 yil 8 sentyabrda Dogʻistonning Xunzax tumanidagi Sada ovulida Dogʻiston xalq shoiri Hamzat Sadasa xonadonida dunyoga keldi. Oʻrta maktabni bitirgach, Avar pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirdi va uni 1939 yili tamomladi. 1941 yilga qadar maktab oʻqituvchisi, teatrda rejissyor yordamchisi, gazeta va radioda jurnalist boʻlib ishladi. 1945-1950 yillari Moskvada Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutida taʼlim oldi.
Shoir 1932-yillardan, oʻn-oʻn bir yoshlaridan sheʼr yoza boshlagan. Ijodiy ishlari ilk bor 1937 yili mahalliy avar gazetasida bosilgan. Dogʻiston yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlganida bor-yoʻgʻi yigirma yoshda edi. Rasul Hamzatovning ona tilidagi birinchi kitobi – “Olovli sevgi va alamli nafrat” 1943 yili chop etilgan.
Rasul Hamzatov bir qator adabiy nashrlar, xususan, “Noviʼy Mir” (“Yangicha dunyo”), “Drujba narodov” (“Xalqlar doʻstligi”) jurnallari, “Literaturnaya gazeta” (“Adabiyot gzetasi”), “Literaturnaya Rossiya” (“Rossiya adabiyoti”) gazetalari tahrir hayʼati aʼzosi boʻldi. 1951 yildan umrining oxirigacha Dogʻiston yozuvchilar uyushmasini boshqardi.
Rasul Hamzatov asarlari oʻndan ortiq tilga oʻgirilgan. Avar, rus va butun dunyo tillarida oʻndan ortiq sheʼriy, nasriy va publitsistik kitoblari millionlab nusxalarda nashr etilgan. “Yuragim togʻlarda” (“V gorax moye serdse”), “Yuksakdagi yulduzlar” (“Viʼsokiye zvezdiʼ”), “Doʻstlarni asrang” (“Beregite druzey”), “Turnalar” (“Juravli”), “Oʻchoq boshida” (“U ochaga”), “Bitiklar” (“Pismena”), “Soʻnggi baho” (“Poslednyaya sena”), “Rivoyat” (“Skazaniya”), “Hayot gʻildiragi” (“Koleso jizni”), “Kavkazning boʻronli kunlari haqida” (“O burniʼx dnyax Kavkaza”), “Avji tushdagi jaziramada” (“V poldnevniʼy jar”), “Dogʻistonim mening” (“Moy Dagestan”), “Ikkita sholroʻmol” (“Dve shali”), “Meni sevgi qonuni-la jazola” (“Sudi menya po kodeksu lyubvi”), “Sonetlar” (“Sonetiʼ”) kabi kitoblar shular jumlasidan.
Yozuvchi 2003 yil 3 noyabrda Moskva klinik shifoxonasida dunyodan koʻz yumdi. Mahachqalʼaning Tarki tumaniga, Tarkitov togʻ tizmalari etagidagi musulmonlarning qadimiy qabristoniga dafn etildi.
Stixi na russkom
Rasul Gamzatov
Dve shali
Na pamyat o chujix predelax
Odnajdiʼ ya, v kanun vesniʼ,
Dvum jenshʼinam dve shali beliʼx
Privyoz iz dalney storoniʼ.
Obeix neispovedimiʼy,
Kak vsex, vertel jiteyskiy krug:
Odnu pokinul drug lyubimiʼy,
K drugoy – vernulsya miliʼy drug.
I pervaya, v selenye gornom
V toske sxodivshaya s uma,
Vo svet, chto biʼl, kak polnoch, chyorniʼm,
Shal perekrasila sama.
Drugaya jenshʼina v aule
Ot radosti biʼla pyana,
I v krasniʼy svet ne potomu li
Shal perekrasila ona?
Na lbax lyudskix, kak na skrijalyax,
Zapisan znak sudbiʼ zemnoy.
I eti jenshʼiniʼ v dvux shalyax
Vsegda stoyat peredo mnoy.
V sveta nadejdiʼ i trevogi,
Lyubvi, pechali, torjestva
Ne raz i doma i v doroge
Ya perekrashival slova.
Pesnya
Siʼnovya, stali starshe viʼ pavshix otsov.
Potomu chto na marshe — lyuboy iz boysov,
Potomu chto privaliʼ godam ne daniʼ.
Viʼ o nas, siʼnovya, zabiʼvat ne doljniʼ.
Ne chernila, a krov zapeklas na zemle,
Gde pisala lyubov svoyu povest v sedle.
Etoy povesti stroki poniʼne krasniʼ.
Viʼ o nas, siʼnovya, zabiʼvat ne doljniʼ.
V vashem vozraste miʼ vozglavlyali polki,
Otsvet zvezdnosti padal na nashi klinki.
Opustili nas v zemlyu, kak v sablyu nojniʼ.
Viʼ o nas, siʼnovya, zabiʼvat ne doljniʼ.
Miʼ ne znali ispuga pred chernoy molvoy
I svoyeyu za druga klyalis golovoy.
I otsov ne pozorili miʼ sediniʼ.
Viʼ o nas, siʼnovya, zabiʼvat ne doljniʼ.
Vse, chto miʼ zashʼishʼali, i vam zashʼishʼat,
Vse, chto miʼ zaveshʼali, i vam zaveshʼat,
Potomu chto svoboda ne znayet seniʼ.
Viʼ o nas, siʼnovya, zabiʼvat ne doljniʼ.
Nujno vam, kak nagoryu, dalyoko smotret,
Volnovatsya, kak moryu, kak zvezdam, goret
Budte dolgu verniʼ, dobriʼm dumam verniʼ
Viʼ o nas, siʼnovya, zabiʼvat ne doljniʼ.
Yesli v mire tiʼsyacha mujchin
Yesli v mire tiʼsyacha mujchin
Snaryadit k tebe gotoviʼ svatov,
Znay, chto v etoy tiʼsyache mujchin
Naxojus i ya – Rasul Gamzatov.
Yesli pleneniʼ toboy davno
Sto mujchin, chya krov nesyotsya s gulom,
Razglyadet mej nix ne mudreno
Gorsa, narechyonnogo Rasulom.
Yesli desyat vlyubleniʼ v tebya
Istinniʼx mujey, ognya ne spryatav,
Sredi nix, likuya i skorbya,
Naxojus i ya – Rasul Gamzatov.
Yesli bez uma vsego odin
Ot tebya, ne sklonnaya k posulam,
Znay, chto eto – s oblachniʼx vershin
Gorets, imenuyemiʼy Rasulom.
Yesli ne vlyublyon v tebya nikto
I grustney tiʼ sumrachniʼx zakatov,
Znachit, na bazaltovom plato
Pogrebyon v gorax Rasul Gamzatov.
Razve tot mujchina?
Kto bezdumno i bespechno
Xoxotat sposoben vechno, –
Razve tot mujchina?
Kto ne gnulsya pod mechami,
Kto vsyu jizn ne znal pechali, –
Razve tot mujchina?
Kto v zazdravnom daje slove
Umudryalsya xmurit brovi, –
Razve tot mujchina?
Kto smertelno ne vlyublyalsya,
Ni s odnoy ne selovalsya, –
Razve tot mujchina?
Kto lyubuyu zval «golubkoy»
I za kajdoy begal yubkoy, –
Razve tot mujchina?
Kto gotov podat nam stremya
I predat nas v to je vremya, –
Razve tot mujchina?
Kto, k stolu shagnuv s poroga,
Osushit ne s silax roga, –
Razve tot mujchina?
Kto v mestax, gde mnogolyudno,
Pyet iz roga besprobudno, –
Razve tot mujchina?
Kto, xot vek v doroge budet,
Dom otsovskiy pozabudet, –
Razve tot mujchina?
Kto, ispolnenniʼy userdya,
Sudit nas bez miloserdya, –
Razve tot mujchina?
Kto dast slovo, chto bulatno,
No vozmet yego obratno, –
Razve tot mujchina?