Afkori omma va afkor omma

Afkori omma va afkor omma

Shu kungacha bu iboraning faqat afkor omma shaklini bilardim, xolos. Lekin izohli lugʻat forsiy izofa bilan afkori omma koʻrinishida beribdi, maʼnosini butun omma deb izohlabdi:

 

Jahon afkori ommasini dahshatga solgan zilzila 1988-yil 7-dekabrda Armanistonda yuz berdi.

“Fan va turmush”.

 

Afkor soʻzi arabchadan olingan, fikrlar degani. Omma soʻzi esa umum, koʻpchilik, xalq maʼnolariga ega. Shu maʼnolarga tayanadigan boʻlsak, afkori omma – koʻpchilikning fikri degan maʼnoni anglatadi.

Oʻzbekcha-ruscha lugʻat soʻzning afkor omma, afkori omma va afkori umumiya shakllarini keltirgan va jamoatchilik fikri degan maʼnoda izohlagan. Shu lugʻatga tayanadigan boʻlsak, iboraning afkor omma shakli ham toʻgʻri.

Bugun bu iboraning maʼnosi oʻzgarib ketgan. Ommaviy axborot vositalarida u fikr bildiruvchi qatlam, jamoatchilik maʼnosida va izofasiz shaklda ishlatilyapti:

 

Bu voqea jahon afkor ommasi eʼtiborini tortdi.

 

Dunyo afkor ommasi bunga keskin norozilik bildirdi.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube