“Ajrim” soʻzini toʻgʻri qoʻllash kerak

“Ajrim” soʻzini toʻgʻri qoʻllash kerak

Ajrim soʻzi ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Ikki oʻrtadagi ish yuzasidan xulosaviy natija; kelishuv, kelishtiruv: muammo boʻyicha ajrimga erishildi.

2️⃣ Sud qarori: sud ajrimni eʼlon qildi, ajrimdan norozilar yoʻq.

 

Ajrim qilmoq iborasi ham ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Kelishmovchilikni, nizoli holatni bir yoqlik qilish: oʻzaro ajrim qilib olindi.

2️⃣ Tomonlar ishi yuzasidan hukm chiqarish: buni sud ajrim qiladi.

 

❗️ Bu soʻzni ajrashish maʼnosida ishlatish juda koʻp uchraydi. Hatto ommaviy axborot vositalari, rasmiy saytlarda ham bu kabi holatlar uchrab turadi. Biroq bu xato, chunki soʻzda bunday maʼno yoʻq.

 

Quyida ajrim soʻzi ajralish, ajrashish maʼnosida yanglish qoʻllangan jumlalardan misollar keltiriladi:

 

Yoshlar oʻrtasida oilaviy ajrimlarning oldini olish masalasiga eʼtibor qaratiladi. ❌

Yoshlar oʻrtasida oilaviy ajralishlarning oldini olish masalasiga eʼtibor qaratiladi. ✅

 

Ajrim masalalari qanday koʻrib chiqiladi? ❌

Ajralish masalalari qanday koʻrib chiqiladi? ✅

 

Ajrimlar soni koʻp boʻlgan hududlar maʼlum qilindi ❌

Ajralishlar soni koʻp boʻlgan hududlar maʼlum qilindi ✅

 

Farzand boʻlmasa, ajrim qanday amalga oshiriladi? ❌

Farzand boʻlmasa, ajrashish qanday kechadi? ✅

 

Mazmunga qarab ajralish soʻzi oʻrnida nikohni bekor qilish, nikohni tugatish, nikohni buzish, qoʻydi-chiqdi kabi iboralarni ishlatish mumkin.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube