Atigi yo atiga?

Atigi yo atiga?

Atigi soʻzini atiga shaklida yozish koʻp uchraydi. Albatta, bu xato. Nega? Chunki bunday soʻz yoʻq.

Atigi ravishi hammasi boʻlib, bor-yoʻgʻi, nihoyati, faqatgina maʼnolarini anglatadi:

 

Atigi uch yil ilgari filologiya fakultetini bitirgan edi.

O. Moʻminov, “Xiyobondagi uch uchrashuv”.

 

Atigi uch kun muhlat berilgan esa-da, hayʼat aʼzolari qariyb ikki hafta chop-chop qilib ham topshiriqni uddalay olmadi.

“Yoshlik”.

 

📌  Demak:

Atigi

Atiga ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube