Axaltaka otlari haqida

Axaltaka otlari haqida

Milliy ensiklopediyaga koʻra, axaltaka – salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri. Salt minish arava qoʻshmay, yuksiz minishni anglatadi.

Bu ot zotini Janubiy Turkmanistondagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. U poygada 1000 metr masofani 1 minut 05 sekundda bosib oʻtadi.

2012-yili dunyoda 6600 ta axaltaka oti borligi aniqlangan.

Bu ot nomi “Manas”, “Qoʻrqut ota” kabi xalq dostonlarida ham tilga olingan.

Axaltaka soʻzi taka qavmi yashaydigan voha degan maʼnoga ega.

Taka yoki teke turkman qabilalaridan birining nomi. Bu qavm XIX asrning boshida boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.

❗️ Axaltaka soʻzini oʻzbekchada axaltekin yoki axalteke shaklida yozish uchrab turadi. Birinchisi rus tili taʼsirida boʻlsa, ikkinchisi turkmancha sababli. Lekin bu soʻz oʻzbekchada axaltaka shaklida qoʻllanadi. Eʼtiborli manbalar, masalan, milliy ensiklopediyada soʻz ayni shaklda berilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.