“Azza-bazza” nima degani?
Bu soʻz asosan badiiy va publitsistik asarlarda uchraydi, soʻzlashuv tilida qoʻllanadi. Uning maʼnosini baʼzan yanglish tushunamiz. Azza-bazza oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Koʻngil amri bilan, ataylab, maxsus.
Ha, shunday yomgʻirda azza-bazza uzoqdan kelgan kishining bir niyati boʻlishi kerak.
Mirmuhsin, “Umid”.
2️⃣ Rostakamiga, astoydil.
– Oʻttiz yillik xotiningizga rahmingiz kelmaydimi? – Bonu endi azza-bazza yigʻiga tushdi.
H. Gʻulom, “Mashʼal”.
Bu soʻzni azza-bazza tushuntirdim 😉