Badia nima?
Badiani qandaydir adabiy janr deb tushunish uchrab turadi. Aslida u bunday maʼnoga ega emas. Izohli lugʻatga koʻra, badia soʻzi ikki xil mazmunda qoʻllanadi:
1️⃣ Nafis, nodir.
Shoir, yozmaysanmi, qani yil boʻyi
Avaylab-asragan badia satring?
Gʻ. Gʻulom.
2️⃣ Kishining diqqatini tortadigan badiiy asar.
Shoirdan bizga lirik badialar, falsafiy mushohadalarga boy manzumalar meros boʻlib qoldi.
“Fan va turmush”.