Kitobiy soʻzlar: inchunin

Kitobiy soʻzlar: inchunin

Bu soʻzni badiiy va publitsistik asarlarda uchratamiz. Jonli tilda qoʻllanmaydi. Lekin maʼnosini baribir bilib olish kerak. Hayotimiz soʻzlashuvdangina iborat emas, baʼzan kitob ham oʻqiymiz-ku 😉.

Inchunin soʻzi shunday, xuddi shuning kabi; shuningdek maʼnolarini beradi:

 

Inchunin, Qulmatqorani bir kun emas, bir kun ship-shiydam qilib, goʻlaxxonada tiz choʻktirish orzusi qanchalik lazzatli!

A. Muxtor, “Opa-singillar”.

 

Savr keldi – ekinchiga davr keldi, deganlaridek taqachining ustaxonasi eski omoch, mertik ketmon… inchunin, turli-tuman temir-tersak bilan toʻlib-toshgan.

A. Muxtor, “Chinor”.

 

👉 Bugungi yozuvchi yoki jurnalist bu kabi soʻzlarni ishlatmagani maʼqul deb hisoblayman. Chunki olifta soʻz va ifodalar asarni bezamaydi, oʻquvchini bezdiradi xolos. Istisno holatlar ham bor, albatta. Deylik, maʼlum bir tarixiy davr yoki kishining oʻziga xos tabiatini koʻrsatish uchun bunday soʻzlardan foydalanish mumkin.

❗️ Bu soʻzni inchunun, inchinun kabi shakllarda qoʻllash uchrab turadi. Lekin bu xato.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.