“Bardavomiy boʻlsin!”

“Bardavomiy boʻlsin!”

Kimdir biror muvaffaqiyatga erishsa, har xil tabrik soʻzlari aytiladi. Shulardan biri – ana shu yutuqlar davomli boʻlishini tilash. Lekin bu mazmun baʼzida xato ifodalanadi: bardavomiy boʻlsin.

Bu jumla nega xato?

 

  1. Oʻzbek tilida bardavomiy degan soʻz yoʻq.
  2. Bir xil maʼnodagi qoʻshimcha bir soʻzga ikki MARTA qoʻshilmaydi. bar- va -iy mohiyatan bir xil mazmunni hosil qiladi. Xuddi shu kabi bardavomli soʻzi ham yanglishdir.

 

Oʻzbekchada bardavom va davomli soʻzlari ishlatiladi.

Bardavom soʻzi doimiy, paydarpay, bir-biriga ulanib ketgan degan maʼnoni anglatadi.

Davomli soʻzi esa uzoq davom etgan yoki etadigan; davomi bor mazmunini beradi.

 

Demak, yuqoridagi tabrik soʻzini ikki xil shaklda ifodalash toʻgʻri boʻladi:

 

Davomli boʻlsin!

Bardavom boʻlsin!

 

Jumla boshiga yutuqlar yoki muvaffaqiyatlar soʻzini ham qoʻshib qoʻyish mumkin.

 

Bu jumlada davomiy soʻzini ishlatish ham tahrir nuqtai nazaridan xato. Gʻalizlik paydo qiladigan soʻzdan qochish kerak. Eng yaxshi variant davomli soʻzini qoʻllashdir.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube