Baykonurmi yoki Boyqoʻngʻir?

Baykonurmi yoki Boyqoʻngʻir?

Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi Boyqoʻngʻir shahri va kosmodrom nomi oʻzbekcha matnlarda ham koʻpincha ruscha varianda Baykonur deb yoziladi. Aslida toʻgʻrisi – Boyqoʻngʻir. Uning nomi qozoqcha-turkiycha, demak, uni oʻzbekcha talaffuzda yozish kerak.

Vikipediya boyqoʻngʻir soʻzining maʼnosini boy vodiy deb izohlabdi.

Boyqoʻngʻir kosmodromi dunyodagi birinchi va eng katta kosmodrom sanaladi. 1957-yil 15-mayda foydalanishga topshirilgan. Umumiy maydoni 6717 kvadrat kilometr.

Maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Boyqoʻngʻir majmuasini 2050-yilgacha ijaraga olgan va har yili ijara haqi toʻlaydi.

 

📌 Demak:

Boyqoʻngʻir ✅

Baykonur ❌

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube