“Bir baxyada boyidi” – xato gap
“Bir baxyada boyidi” – xato gap
Baxya soʻzi vaqt maʼnosini bildirmaydi. U masofani anglatadi. Shu sababli uni vaqt maʼnosida qoʻllash xato.
Misollar orqali oʻrganamiz:
Bir baxyada yetib keldi. ❌
Bir baxya kutganida, mashmashadan qutulardi. ❌
Bir baxyada boyidi. ❌
Yuqoridagi misollarda baxya soʻzi vaqt maʼnosida qoʻllanyapti. Shu sababli xato. Baxya soʻzi chokni bildiradi. Bir baxya iborasi esa kichkina, ozgina maʼnosini bildiradi va bunda masofa, uzunlik nazarda tutiladi:
Urilib ketishiga bir baxya qoldi. ✅
Bir baxya ham joy boʻsh qolmasin! ✅
Ishonchim yana bir baxya ortdi. ✅
Orif Tolib