Boshqaruv raisi: kichik harf bilan
Savol:
Aksiyadorlik jamiyat boshqaruv raisimi yoki aksiyadorlik jamiyat Boshqaruv raisi? Boshqaruv soʻzi katta harf bilan yoziladimi?
Javob:
Eng oldin iboradagi xatoni toʻgʻrilaymiz. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi boʻladi, ikki oʻrinda ham egalik qoʻshimchasi kerak. Boshqaruvi soʻzi kichik harfda beriladi.
Rasmiy hujjatlar va shartnomalarda shartli nom sifatida ishlatilganda boshqaruv soʻzini bosh harfda yozish mumkin:
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, keyingi oʻrinlarda Boshqaruv raisi…
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, keyingi oʻrinlarda Rais…
📌 Demak:
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi ✅
Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi ❌
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi Raisi ❌
Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi Raisi ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.