Buhron nima?
Buhron arabchadan olingan, asliyatda tanglik, ogʻir holat; alahlash maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida krizis, tanglik degan maʼnoga ega. Hozirgi oʻzbek tilida nisbatan kam ishlatiladi.
Bu soʻzni boʻhron shaklida qoʻllash koʻp uchraydi. Lekin lugʻatlarga bu shakl variantdosh sifatida kirmagan. Menimcha, bu shaklni ham kiritsa boʻladi. Chunki u oʻzlashma soʻz va til uni oʻziga moslashtirishi tabiiy.
❗️ Lekin hozircha faqat buhron shaklini toʻgʻri deyishga majburmiz. Ommaviy axborot vositalarida yoki soʻzlashuv uslubida qoʻllanayotgani asos boʻla olmaydi.