-ni va majhul nisbat

-ni va majhul nisbat

Matnlarda eng koʻp koʻzga tashlanadigan xatolardan biri – tushum kelishigi qoʻshimchasini xato qoʻllash. Masalan, -ni qoʻshimchasi koʻpincha majhul nisbat feʼllari bilan birga ishlatiladi:

 

Sotib olingan kitoblarni tez orada oʻqib chiqiladi.

 

❗️ Majhul nisbatdagi feʼlga bogʻlangan soʻz tushum kelishigini olmaydi!

 

Sotib olingan kitoblar tez orada oʻqib chiqiladi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.