Chalmoq va cholgʻu
Biror musiqa asbobida kuy yoki ohangni ijro etish chalmoq soʻzi bilan ifoda etiladi. Bu soʻzning ovoz chiqaradigan asboblarni ishga solmoq, ovoz chiqarmoq kabi maʼnolari ham bor.
Bu soʻzdan musiqa asbobi maʼnosini beruvchi cholgʻu soʻzi yasalganda chal feʼli tovush oʻzgarishiga uchraydi va cholga aylanadi. Cholgʻu soʻzining kuy, ohang, musiqa kabi maʼnolari ham bor.
📌 Demak,
Chalmoq, kuy chaldi, tanbur chaldi ✅
Cholmoq, kuy choldi, tanbur choldi ❌
Cholgʻu, cholgʻu asbobi, oʻzbek xalq cholgʻulari ✅
Chalgʻu, chalgʻu asbobi, oʻzbek xalq chalgʻulari ❌
Orif Tolib