Changqovuz, changqoʻbiz va changovuz

Changqovuz, changqoʻbiz va changovuz

Changqovuz – labga qoʻyib, poʻlat tilini barmoq bilan turtib, nafas bilan chalinadigan kichik cholgʻu asbobi. Bu soʻzning imlosi hatto muharriru musahhihlarni ham adashtiradi. Chunki uni asosan chanqovuz tarzida talaffuz qilamiz va yozganda ham shu variantni tanlaymiz. Lekin bu xato.

Qiziq tomonini aytay. Bu soʻz imlo lugʻatiga changqoʻbiz va changqovuz shaklida kiritilgan. Biroq bu ikki shakl kiril yozuvidagi izohli lugʻatlarda yoʻq. Izohli lugʻat bu soʻzning bosh shakli sifatida chang soʻzini bergan. Uning shevadagi varianti sifatida changovuz soʻzini koʻrsatgan.

Lotin alifbosida bosilgan yangi 6 jildi izohli lugʻat esa buni toʻgʻrilabdi. Unga changqoʻbiz bosh soʻz sifatida kiritilgan.

Xullas, lugʻatlarimizda changqoʻbiz bor, changqovuz bor, hatto changovuz bor. Lekin chanqovuz yoʻq.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.