Chex xalq maqollari va matallaridan
Chexlar – slavyan oilasiga mansub xalq. Chexiyaning asosiy aholisi. AQSH, Kanada, Germaniya, Isroil, Argentina, Buyuk Britaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Chex tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 10 milliondan ortiq.
- Agar ahmoqlik ham kasallik boʻlganida, sen kechasi bilan dodlab chiqarding.
- Gʻazab ertaga qoldirish mumkin boʻlgan yagona narsadir.
- Yogʻimiz bor, lekin u mushuklar uchun emas.
- Itni urmoqchi boʻlgan odam hamisha tayoq topadi.
- Koʻp narsani xohlaydigan kishiga koʻp narsa yetishmaydi.
- Maqtov ortidan quvma, lekin bor kuching bilan maqtaladigan darajada ish qil.
- Nifoq bor uyda oltin goʻngga teng.
- Ogʻizdan chiqqan soʻzga ikkita otda quvib ham yetolmaysan.
- Pivoxoʻr tarvuzga oʻxshaydi – qorni kattalashadi, bandi quriydi.
- Tejalgan pul ishlab topilganidan kam emas.
- Toʻq ochga ishonmaydi.
- Haqiqat koʻzga kiradi, quloqni yirtadi.
- Har bir tulki oʻz dumini maqtaydi.
- “Hech narsa qilmaydi”ni yuzga koʻpaytirsang, hoʻkizni oʻldirishi mumkin.
- Hech qachon bundan-da yomonroq boʻlishi mumkin boʻlmagan darajada yomon boʻlmaydi.
- Shoshib uylansang, shoshmasdan afsuslanasan.
- Eng toʻgʻri soat – oshqozon.
- Er uyiga pul olib kelar ekan, xotini uni erkalatishda davom etadi.
- Yangi til oʻrgansang, yangi qalbga ega boʻlasan.
Orif Tolib tarjimasi