-chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz
-chi bajargan vazifasiga qarab chiziqcha bilan ham, chiziqchasiz ham yozilishi mumkin.
Agar yuklama boʻlib kelsa, chiziqcha ishlatamiz:
Sen-chi? Sen ham tushundingmi?
Davomini ham oʻqing-chi!
Koʻraylik-chi, yana nima der ekan?
-chi soʻz yasovchi qoʻshimcha boʻlib kelganda soʻzga qoʻshib yoziladi: ishchi, hisobchi, kurashchi, navbatchi, gulchi, qatnashchi kabi.
📌 Demak:
“Ish-chi, ish nima boʻladi?” dedi ishchi. ✅