Denov – “yangi qishloq”
Surxondaryo viloyatidagi Denov shahri nomi forscha dehi nav – yangi qishloq soʻzlaridan hosil boʻlgan.
Milliy ensiklopediyaga koʻra, kattaligi va aholi soniga koʻra Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Yozma manbalarda XIV asr oxirlaridan Dehinav shaklida tilga olingan. Mahmud ibn Vali (XVII asr)ning yozishicha, Dehinav ajoyib bozori, katta masjidi va xonaqosi boʻlgan mustahkam qalʼa-shahar hisoblangan.
Denov 1958-yili shahar maqomini olgan.
Denov nomli qishloqlar Oʻzbekistonning boshqa hududlarida, jumladan, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida uchraydi.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.