“Dilgir” nima degani?

“Dilgir” nima degani?

Shu soʻzni koʻpincha xato mazmunda qoʻllaymiz. Masalan, baʼzi joylarda dilgirni tiyrak, harakatchan, gʻayrati ichiga sigʻmaydigan degan maʼnoda yosh bolalarga nisbatan ishlatishadi. Aslida bu soʻzning maʼnosi boshqa.

 

Dilgir fors tilidan olingan, asliyatda noxush, xafa, mahzun; jahli chiqqan kabi maʼnolarga ega. Oʻzbek tilida ikki xil maʼno bildiradi:

 

1️⃣ Koʻngli gʻash, koʻngli olingan, yuragi siqilgan.

 

Abdusalom dilgir boʻlib, otasini kutib oʻtirgan edi.

S. Siyoyev, Avaz.

 

Lekin mezbonning dilgir kayfiyati ularning ochilib-sochilib oʻtirishiga monelik qilardi.

N. Aminov, Qahqaha.

 

2️⃣ Yuragini oldirib qoʻygan, qoʻrqib qolgan.

 

Oʻsha dahshatli voqeadan keyin u juda dilgir boʻlib qolgan.

 

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube