Fuqaro viloyat yoki shaharga tegishli emas

Fuqaro viloyat yoki shaharga tegishli emas

Savol:

Bir davlat tashkilotining telegram kanalida “Samarqand fuqarolari diqqatiga” yoki “Toshkent fuqarolari eʼtiboriga” kabi iboralarga koʻzim tushdi. Shu ifoda toʻgʻrimi?

 

Javob:

Fuqarolar biror mamlakatning muayyan yuridik huquqlarga ega boʻlgan doimiy aholisidir. Milliy ensiklopediya fuqarolik soʻziga “shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasi” deya izoh bergan.

Demak, fuqaro faqat davlat darajasida boʻladi. Viloyat yoki shaharning fuqarosi boʻlmaydi.

Fuqaroning huquq va majburiyatlari mamlakat miqyosida belgilanadi. Qaysidir viloyat yoki shahar fuqarolik joriy qila olmaydi. Yurtdoshlarimiz qaysi hududda tugʻilganidan qatʼi nazar, pasportida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi” deb koʻrsatiladi.

🟢  Xulosa. Agar maʼlum bir hudud aholisini taʼkidlab koʻrsatish zarur boʻlsa, boshqa soʻzlardan foydalanish mumkin:

Fargʻona viloyati vakillari ✅

Xorazm viloyati aholisi ✅

Toshkentliklar, samarqandliklar, qashqadaryoliklar ✅

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.