Ginnesmi yo Ginness?
Ginnesning rekordlar kitobi kitobi haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Milliy ensiklopediyaga koʻra, tabiat va insoniyat olamidagi ulkan natijalar, noyob hodisalar va gʻaroyib voqealar haqidagi xabarlardan iborat boʻlgan maʼlumotnoma nashr. 1955-yildan beri nashr etib kelinadi.
Ginnes soʻzi inglizchada Guinness shaklida yoziladi. Odatda qoʻsh undoshli inglizcha soʻzlar ruschaga ham qoʻsh undoshini saqlagan holda oʻtadi. Biz esa ruschadan olib qoʻya qolamiz. Masalan: congress – kongress. Oʻzbekchada qoʻsh undoshlarga ehtiyoj yoʻqligi haqida oldinroq yozgan edim.
Ginnes soʻzi ruschada ikkita s bilan yozilgan boʻlsa-da, negadir shu soʻzda istisno boʻlgan va oʻzbekchada bitta s bilan yozish ommalashgan. Jumladan, milliy ensiklopediyada ham Ginnes shakli ishlatilgan. Shu shaklda yozish toʻgʻri.
📌 Demak:
Ginnesning rekordlar kitobi ✅
Ginnessning rekordlar kitobi ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.