Hamma gap samimiyatda

Hamma gap samimiyatda

Charli Chaplin hikmatlaridan

 

  • Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi.
  • Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
  • Men siyqasi chiqqan mavzudan qoʻrqmayman. Hayotning oʻzi toʻlasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va oʻlamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qoʻyamiz.
  • Hayotdagi eng qaygʻuli hol – hashamatga oʻrganib qolishdir.
  • Hech qachon bola boʻlmaganlar katta ham boʻlmaydilar.
  • Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni koʻrolmaydi.
  • Tabassumsiz kun – yoʻqotilgan kun.
  • Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qoʻyishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uygʻunlashtira olsam, u oʻsha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.
  • Men kambagʻallikda hech qanday joziba yoki ibrat koʻrmayman. U menga hech narsani oʻrgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi.
  • Hamma gap samimiyatda. Chol banan poʻchogʻiga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir boʻlsa, miriqib xoxolaymiz.
  • Mening ogʻrigʻim kimningdir kulgisiga sabab boʻlishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir ogʻrigʻiga sabab boʻlmasligi kerak.
  • Oyna – mening eng yaxshi doʻstim. Chunki yigʻlagan paytim u hech qachon kulmaydi.
  • Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga oʻxshaydi. U bilan har kuni shugʻullanib turish kerak.
  • Hayot repetitsiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakly tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yigʻlang, raqsga tushing, kuling va qoʻlingizdan kelganicha yaxshi yashang.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 9-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube