Har va -lar
Har olmoshidan keyingi ot yoki feʼlni koʻplikda qoʻllash holatlari uchrab turadi. Bu, albatta, xato. Oʻzbek tili tabiatiga zid.
Har olmoshi zamirida koʻplik maʼnosi boʻlsa-da, aniq shaxs yoki narsa-buyumni alohidalab, belgilab koʻrsatadi. Bunda undan keyingi ot ham, feʼl ham birlikda boʻlishi kerak:
Har bir kishi buni bilishi kerak. ✅
Har bir kishilar buni bilishlari kerak. ❌
Baʼzan har soʻzi oʻzidan keyingi ot bilan birga umumiylikni ifodalaydi. Bunda ot birlikda ham, koʻplikda ham kelishi mumkin:
Har narsani gapiraverma! ✅
Har narsalarni gapiraverma! ✅
Lekin bu shakl asosan ogʻzaki tilga xos va kamdan-kam uchraydi.
📌 Demak:
Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdi. ✅
Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdilar ❌
Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdi ❌
Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdilar ❌
🔄 Mavzuga aloqador:
-lar qoʻshimchasini qoʻllashdagi xatolar
Arabcha siniq koʻplik va oʻzbekcha koʻplik
“Inson” soʻzini qoʻllashdagi xatolar