Togʻgami yoki toqqa?
Imlo masalasida bahslarga koʻp sabab boʻladigan holatlardan biri joʻnalish kelishi qoʻshimchasini ishlatish bilan bogʻliq. Chunki kiril yozuvidagi tartib bilan lotin yozuvidagi qoida farqlanadi.
Farq gʻ yoki g tovushi bilan tugagan soʻzlarda kuzatiladi. Kirilda talaffuzga eʼtibor qaratilsa, lotinda soʻz oxiridagi tovush hal qiluvchi boʻladi. Masalan, togʻ + ga soʻzini soʻzlashuvda toqqa deb aytamiz. Kirilda xuddi shu shaklda yozamiz. Lekin lotinda togʻga deb yoziladi. Chunki imlo qoidalariga koʻra:
- k undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakka, elakka, bilakka, tilakka kabi.
- q undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqa, uzoqqa kabi.
- Qolgan barcha hollarda, soʻz qanday tovush bilan tugashidan va bu qoʻshimchaning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qatʼi nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga kabi.
Birinchi va ikkinchi qoidalar kirilga ham taalluqli. Farq faqat uchinchi qoidada.
📌 Demak:
Toqqa, Chortoqqa, qishloqqa, etikka, terakka, barkka ✅
Togʻga, Chortoqga, qishloqga, etikga, terakga, bargga ❌
Togʻga, Chortoqqa, qishloqqa, etikka, terakka, bargga ✅
Toqqa, Chortoqga, qishloqga, etikga, terakga, barkka ❌
🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Bargga yoki barkka? (© @xatoliklar)
👉 Hujjatni oluvchi qanday aks ettirilishi kerak?
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.